Yangiliklar

KOʻP KVARTIRALI UYLAR AHOLISIGA QULAYLIKLAR YARATILMOQDA 

 

     Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi PQ-5152-sonli qaroriga asosan “Koʻp xonadonli uylarni va issiqlik taʼminoti obʼektlarini qurish boʻyicha injinering kompaniyasi” DUK tomonidan Yangibozor tumani “Do‘stlik” MFYda joylashgan koʻp kvartirali uylarning  yoʻlaklariga quruvchi tashkilot tomonidan beton qoplamalar yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

     Koʻp yillar avval bunyod etilgan mazkur ikki qavatli uylarning tashqi yoʻlagi notekis boʻlganligi bois, mahalliy aholi qishda loy, yozda chang qoplagan koʻchalardan aziyat chekar edi.

     Endilikda aholi vakillari oʻz koʻzlagan manziliga tekis va ravon yoʻlaklardan yurish imkoniga ega boʻlishadi.