Yangiliklar

Qo‘shtepadagi ko‘p kvartirali uylarnig tutash hududlari obodonlashtirilmoqda

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  «Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2021- yil 19- iyundagi PQ-5152-son qaroriga asosan Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani "Xumdon" mahallasida joylashgan ko‘p kvartirali uylarning  tutash hududlari obodonlashtirilib, 1 dona bolalar maydonchasi, 100 p/m uzunlikdagi irrigatsiya tarmoqlari, 1,01 ming kv.m  yo‘laklarni beton qoplamasi bilan qoplash hamda 4 dona tashqi yoritish tizimini yangilash ishlari amalga oshirildi. Mazkur ishlar ''Ko‘p xonadonli uylarni joriy va mukammal ta’mirlash, issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi buyurtmachiligi asosida tashkil etilmoqda.