Yangiliklar

Buxoro shahridagi T. Farog‘iy ko‘chasida joylashgan ko‘p kvartirali uylar atrofida bunyod etilgan zamonaviy bolalar maydonchasida o‘g‘il-qizlarning shodon qiyqiriqlari yangray boshladi.
    Ushbu bolalar maydonchasi “Ko‘p xonadonli uylarni mukammal va joriy ta’mirlash hamda issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK Buxoro viloyati filiali buyurtmasi asosida "Elmurod qurilish" MCHJ quruvchilari tomonidan qisqa fursatlarda qurilib, foydalanishga topshirildi.
   O‘ndan ortiq o‘yin qurilmalari va sport anjomlari o‘rnatilgan yangi bolalar maydonchasi Mustaqillik bayrami shodiyonalari arafasida kelajagimiz egalari uchun ajoyib tuhfa bo‘ldi.