“ISSQLIK TA'MINOTI OBYEKTLARI
BO‘YICHA INJINIRING KOMPANIYASI”
DAVLAT MUASSASASI
info@teploik.uz
+998 71 501 0005

Yangiliklar

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy seminar tashkil etildi Buyuk davlat arbobi va sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat muassasasida ma’naviy-ma’rifiy seminar tashkil etildi. “Tarixiy jasorat timsoli” mavzusida o‘tkazilgan ushbu tadbir doirasida xodimlar ishtirokida qizg‘in davra suhbatlari tashkil etildi. Seminar davomida Amir Temur va temuriylar davrining jahon taraqqiyotidagi o‘rni, davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati hamda ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi keng muhokama qilindi. Tadbirda ishtirokchilar tomonidan Sohibqironning boy tarixiy merosi bugungi kunda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, davra suhbatlari davomida xodimlar o‘z fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan qizg‘in muhokamalar olib borildi. Seminar yakunida mavzuga oid videolavhalar namoyish etilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.