“ISSQLIK TA'MINOTI OBYEKTLARI
BO‘YICHA INJINIRING KOMPANIYASI”
DAVLAT MUASSASASI
info@teploik.uz
+998 71 501 0005

Yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov xizmat safari doirasida Andijon viloyatida olib borilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida Shaxrixon tumani “Karnaychi” MFY hududida joylashgan “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan issiqlik ta’minoti tizimlari qurilish obyekti ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida qurilish-montaj ishlari sifati, ishlatilayotgan materiallarning me’yoriy talablarga mosligi hamda ishlarning belgilangan jadval asosida olib borilishi atroflicha tahlil qilindi. Shu bilan birga, obyekt hududida mehnat xavfsizligi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish intizomiga qat’iy rioya etilishi alohida ta’kidlandi.

Vazir o‘rinbosari tomonidan mutasaddi tashkilotlar va pudratchilarga qurilish ishlarini jadallashtirish, sifat nazoratini kuchaytirish, texnik nazoratni doimiy asosda olib borish hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirishni ta’minlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.