Farg‘ona shahrida markazlashgan issiqlik ta’minotini tubdan yaxshilash maqsadida mega loyiha amalga oshirilmoqda
Farg‘ona viloyatida issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, resurslarni tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-465-sonli qaroriga asosan 2023-2024-yillarda Farg‘ona shahar A.Qodiriy mavzesida joylashgan 203 ta ko‘p qavatli uy hamda 29 ta ijtimoiy soha obyektini RK-3 markaziy qozonxonasi orqali markazlashgan issiqlik energiyasi bilan ta’minlash maqsadida bugungi kunda deyarli yaroqsiz holatga kelib qolgan 73,4 km uzunlikdagi magistral issiqlik tarmoqlarini yangilash, zamonaviy ITP o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Asosiysi, ishlar to‘liq yakunlanishi natijasida A.Qodiriy mavzesidagi 203 ta ko‘p qavatli uyning bir issiqlik davrida 21 mln m kub tabiiy gaz, 9,5 mln kVt elektr energiyasi iqtisod qilinishiga hamda qariyb 10,8 mlrd so‘m mablag‘lar tejab qolinishiga erishiladi.
🟠Loyihaning an’anaviylaridan farqi uning jahon tajribasi asosida innovatsion texnologiyalardan keng foydalanilayotganligidadir. Ushbu texnologiya har qanday sovuq ob-havo ta’sirida ham energo yo‘qotishlarsiz, ko‘p kvartirali uylarga va ijtimoiy soha obyektlariga yetarli bosim hamda haroratda issiqlik uzatilishini ta'minlaydi.