Yangiliklar

Keyingi yillarda mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar bevosita kommunal xizmat sohasini ham yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi PQ-465-sonli qaroriga asosan 2023-2024 yillarda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida RK-3 qozonxonasi issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Loyiha dorirasida aholiga sifatli issiqlik energiyasi yetkazib berish ko‘zda tutilib, zamonaviy isitish tizimi, yopiq tizim asosida har bir uy uchun alohida issiqlik almashinish aparatlari o‘rnatilib, issiqlik energiyasi va issiq suv yetkazib berishi ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda obyektda ishlar jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

       Tashkilot mas’ul hodimlari tomonidan obyektdagi qurilish ishlari o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan pudratchi tashkilotga topshiriqlar berildi