“Ko‘p xonadonli uylarni mukammal va joriy ta’mirlash hamda issiqlik ta’minoti ob’ektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK 2 dekabrdagi 37ich-sonli buyrug‘iga asosan korxonada dekabr oyi “Konstitutsiyaviy huquq oyligi” deb belgilandi.
“Konstitutsiyaviy huquq oyligi” davrida xodimlar O‘zbekiston Republikasi Konstitutsiyasi va unga o‘zgartirishlar kiritish uchun ishlab chiqilgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun mohiyati bilan tanishtirildi.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyatiga ko‘ra taqdim etilayotgan o‘zgartirishlar, “inson – jamiyat – davlat”, “Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyillarni konstitutsiyaviy qoida sifatida mustahkamlashga, inson huquqlarining himoyasi va ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan. Konstitutsiyamizda yoshlarning huquq va manfaatlarini to‘la ta’minlash maqsadida yoshlar sohasidagi davlat siyosati, o‘g‘il-qizlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi, ularning huquq va burchlari konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qo‘yilmoqda. Shuningdek mazkur o‘zgartirishlar jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub bo‘lgan fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini ta’minlashga, himoya qilishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan normalarga aylanadi.
Dastlabki loyihaga ko‘ra Konstitutsiyaning 76 ta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan birga, 15 ta yangi modda va 1 ta yangi bob kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlandi. Loyihada aholi tomonidan taqdim qilingan 160 mingga yaqin takliflardan ham keng foydalanilgan. Konstitutsiyaviy islohotlarda xalqimizning mamlakatda bo‘layotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarga befarq emasligini, fuqarolar islohotlarning faol ishtirokchisi bo‘lishga intilayotganligini ko‘rsatmoqda. Konstitutsiyaviy islohotlar – mamlakatimiz va xalqimiz hayotidagi o‘ta muhim tarixiy, huquqiy va ijtimoiy-siyosiy jarayondir.