Yangiliklar

 Jizzax shahar “Ittifoq” MFY hududidagi 31 ta ko'p qavatli uyda joylashgan 1 215 ta xonadonni sifatli issiqlik energiyasi bilan ta'minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligining “Ko'p xonadonli uylarni mukammal va joriy ta'mirlash hamda issiqlik obyektlarini qurish bo'yicha injiniring kompaniyasi” DUK tomonidan  LK-8-son lokal qozonxonasini qurish loyihasini foydalanishga topshirishning aniq muddatlari ko'rsatilgan tarmoq jadvallarini ishlab chiqilib, ushbu obyekt bo'yicha tender savdolari g'olibi “MAMAJONOVLAR” pudrat tashkiloti bilan 15,1 mlrd so'mlik shartnoma imzolandi. Joriy yilning may-sentabr oylarida jami  9,5 mlrd so'm moliyalashtirilib, shundan 9 oy yakuni bo'yicha  11,8 mlrd so'mlik  qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan.