Yangiliklar

Margʻilondagi yirik loyiha yakuniy bosqichda 

 ?Fargʼona viloyati Margʻilon shahri “Guliston”, “Zuhro”, “Miltiqsoz”, “Chilonzor”, “Saxovat” mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi 130 ta koʻp qavatli uy va ijtimoiy soha obyektlarini markazlashgan issiqlik va issiq suv bilan taʼminlash boʻyicha ulkan loyiha amalga oshirilayotgani haqida xabar bergan edik. 

      Hozirgi kunda “Chilonzor”, “Guliston”, “Zuhro” mahalla fuqarolar yigʻinidagi koʻp qavatli uylarga isitish radiatorlari oʻrnatilib, bosim ostida sinov ishlari olib borilmoqda. “Miltiqsoz”, “Saxovat” mahallalarida 75% isitish radiatorlari oʻrnatildi.

      Barcha saʼy-harakatlar natijasida  yangi 2023-yilni ushbu mahallalardagi 5 711 ta xonadonda istiqomat qiluvchi fuqarolar issiq uylarda kutib olishlari taʼminlanadi.