Yoshlarni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash, ularni hal etishda natijadorlik va tizimlilikni oshirish maqsadida aprel–may oylarida “Yoshlar kuni” doirasida rahbarlar tomonidan o‘tkaziladigan tadbir va loyihalar yo‘nalishlari hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha ishlab chiqilgan reja-grafikka muvofiq, 2026-yil 11-iyun kuni “Issiqlik ta’minoti obyektlari bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat muassasasida rahbarlar va yoshlar jamoasi o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur tadbir yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, jamoaviy ishlash madaniyatini mustahkamlash hamda rahbarlar va yosh xodimlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga qaratildi.
O‘yin davomida ishtirokchilar turli mavzulardagi savollarga javob berib, o‘z bilimlari, tezkor fikrlashi va mantiqiy mushohada yuritish qobiliyatlarini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz bahslar ruhida o‘tgan bellashuv barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir yakunida intellektual o‘yinlarning yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, bunday tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etish orqali yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda hal etish bo‘yicha samarali muloqot maydonini yaratish mumkinligi qayd etildi.



