“ISSQLIK TA'MINOTI OBYEKTLARI
BO‘YICHA INJINIRING KOMPANIYASI”
DAVLAT MUASSASASI
info@teploik.uz
+998 71 501 0005

Yangiliklar

Uchquduq shahrida joylashgan Issiqlik markazi qozonxonasini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi. Tekshiruv davomida obyektда olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining borishi, o‘rnatilgan uskunalar holati hamda loyiha hujjatlariga muvofiqlik darajasi atroflicha tahlil qilindi.

Ko‘zdan kechirish jarayonida ayrim kamchiliklar va bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar aniqlandi. Xususan, qurilish ishlarini belgilangan grafik asosida tezlashtirish, uskunalarni to‘g‘ri va sifatli o‘rnatish, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha yechim talab etuvchi masalalar qayd etildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan pudrat tashkiloti va mas’ul ijrochilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish, ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha aniq topshiriqlar yuklatildi.