Yangiliklar

Yangi O‘zbekiston” massivlarida issiqlik qozonxonalari va issiqlik tarmoqlarini qurish bo‘yicha o‘rganish olib borildi.

 

      "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining   2021 yil 9 dekabrdagi PF-32-son Farmoni bilan barcha viloyatlarda qurilayotgan ko‘p qavatli uylar hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini markaziy issiqlik ta’minoti bilan ta’minlash belgilangan. “Yangi O‘zbekiston” massivlarida issiqlik qozonxonalari va issiqlik tarmoqlarini qurish bo‘yicha buyurtmachi etib “Ko‘p xonadonli uylarni mukammal va joriy ta’mirlash hamda issiqlik ta’minoti ob’yektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK belgilangan.

      Hozirda buyurtmachi, viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi “Issiqlik manbai” DUK hamda ob’ektlarni qurish bo‘yicha pudratchi tashkilot xodimlari ishtirokida loyihani amalga oshirish yuzasidan hududlarda ishlar olib borilmoqda.